РУКУНСИЗ

O`zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati internet sayti xodimlariga

Assalomu alaykum O`zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati internet sayti xodimlari. Men sizlarga o`tgan hafta 17 may kuni Toshkent shahar Jinoyat Sudida olti dindor ustidan o`qilgan hukm haqida eslatish maqsadida xat yozayabman. Bu dindorlarni hibsga olingani haqida mana bu linkda BBC Uzbek xizmati xabar tarqatgan edi:

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2013/01/130102_cy_uzbek_arrests.shtml

Hibsga oliganlar 3 oy davomida Ichki Ishlar Vazirligi yerto`lasida tergov qilinganlar. Tergov vahshiyona olib borilgan. Ularga tergov paytida bosim o`tkazish va soxta jinoyatlarga iqror qildirish maqsadida oila a`zolarini ham Ichki Ishlar Vazirligiga olib borib foydalnilgan. Ularga nisbatan O`zbekiston Jinoyat kodeksining kamida yettita moddasi bo`yicha tergov ishi olib borilgan. Bular quyidagilar: 159, 242, 244 (1), 244 (2), 243, 223, 177. Tergov tugab aprel oyining boshida sud boshlangan. Sud juda qattiq xavfsizlik choralari ko`rilgan holda olib borilgan. 10 chi may kungi sud ishida prokuror sudlanuvchi Tadjibaev Shuhratga jazoni qattiq rejimli koloniyada otash sharti bilan 20 yil, Karimov Ahmadjon va Harunov Abdurashidga 18 yil, Karimov Bobur va yana ikki kishiga 9 yildan qamoq jazosi tayinlanishini so`ragan. 17 chi may kuni sud sudlanuvchilardan oxirgi so`zni tinglagan. Shundan so`ng sud sudlanuvchilarning oila a`zolariga sud hukmi e`lon qilinadigan kunni belgilab xabar berishini aytib tarqatib yuborgan. Lekin xabarlarga ko`ra o`sha 17 may juma kuni tushdan keyin xufyona tarzda sud hukmini o`qigan. Sud hukmi prokuror so`ragan jazodan deyali farq qilmasligi aytiladi. Sud jarayonida O`zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati tomonidan ham vakil kelib ishtirok etgani aytilgandi. Sizlardan iltimos shu sud ishi haqida to`liq ma`lumot holida BBC Uzbek, Ozodlik va boshqa o`zbek tilidagi internet saytlari orqali ommaga xabar beringlar. O`zbekistonning zolim hukumati tomonidan dindorlarga qarshi olib borilayotgan vahshiyona siyosatini dunyo hamjamiyatiga fosh qilinsa shoyad shunda bu zolim rejim o`z zulmidan bir oz bo`lsada tiyilar.

Hurmat ila, Sardor

Javob berish

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Изменить )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Изменить )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Изменить )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Изменить )

Connecting to %s