02.01.19-Muhammad SOLIHning JAVOBI-2

Тема: Re:

Дата: Sat, 19 Jan 2002 15:48:17 +0100

Автор: «Halidjan» <halidjan@online.no>   </halidjan@online.no>

Кому: «Tolib Yakubov» <hrsu_tolib@rambler.ru> </hrsu_tolib@rambler.ru>

Копия:

 

Sizga bir musilmonga, ammo xato qilgan musulmonga kabi xat bitgandim, siz qusursiz bir odam еkanligingizni bilabman, uzr.

 

Gazablangan men emas, siz bo’layapsiz, abdurahimlarni siz yetishtirdingiz, yillarcha maqtab, bu holga keltirdingiz, halq kimning nima qilganini bir kuni Ollohning izni bilan organacak, bundan amin bo’ling. Ardzinov degan odamni men hech qachon tanimaganman, bundanm keyin ham tanimoqchi emasman.

 

Abdurahim bilan biror marta ham «janjal» qilganim yoq, uning butun sassiq tuhmatlariga (sizning va inoyatovaning tuhnmatlariga ham) biror marta javob berganim yoq, bizning gazeta siz haqda hech qachon» iflos»(bu sozning ozi iflos) narsalarni yozgani yoq, sizga bizdan hech kim – na men, na da ukalarim – kin saqlamagan, saqlamaydi ham, chunki sabab yoq, siz bizga na dushman, na da raqibsiz. Menga nafaqat siz, hatto Karimov ham raqib, dushman emas, faqat u bechora meni dushman ,deb biladi, bunda mening aybim yoq.

 

Siz Ozbekistonda qolib kurashayotganingizni ro’kach qilish darajasida kustohlikka bormang, astagfirilloh, deng. Mening va oilamning boshiga kelganlar Sizga va oilangiz boshiga tushmasin.Men buni o’zimni oqlash uchun gapirayotganim yoq, kimning nima ekani bir kuni muhaqqaq o’rtaga chiqadi, bugungi kun bilan masrur yurmang.

 

Sizga bir musulmon «pravozashitnikka» murojaat qilganday, bir oz gina bilan murojaat qilgandim, afsus, yanglishibman.

 

Bir birovga nafrat iqlimida yashayotganlarga ogir ekanligini bilaman va sizdan aslo xafa emasman, Olloh sizga hidoyat bersin Butun qilgan yaxshi ishlaringizni Yaratgan mukofotlantirsin, yomon ishlaringizni kechirsin, amin!