03.04.07-«Zafar Mavlonovga qidiruv e’lon qilingan»

ABDUMANNOB PO’LATOV:

Дата: Mon, 7 Apr 2003 10:01:59 -0700 (PDT)

Автор: Abdumannob Polat <abdumannob@yahoo.com>

Кому: Tolib-aka Yoqubov <hrsu_tolib@yahoo.com> , Tolib Yoqubov <hrsu_tolib@rambler.ru>

Копия: AbduMannob@hotmail.com, AbduMannob@yahoo.com

 

Hurmatli  Tolib-aka!

Assalomu alaykum!

Tuzalib qioldingizmi? Davolanishdan foyda bo’ldi deb umid qilaman.

O’zingiz va barcha yaqinlaringiz tinch va salomat deb umid qilaman Sizlarga ezgu niyatlar tilayman.

Maktubimning asosiy maqsadiga o’tay.

Toshkent shahrida (Shayhantohur yo Sobir Rahimov tumanida) 1-2 hafta avval Zafar Mavlonov (pasporti bo’yicha Mavlyanov) degan yigitga qidiruv e’lon qilingan. Mendagi ma’lumotlarga binoan, Zafar «Hizb-Ut-Tahrir» yoki boshqa Islomiy guruhga aloqada shubha qilinayapti.

Bu haqida tuman ichki ishlar bo’limlarida, balki boshqa joylarda ham tegishli e’lon-plakatlar-varaqalar osilgan.

Mana shu qidiruv e’lonlarini topib menga va Zafar Mavlonovning o’ziga yuborishimngizni so’rayman. E’lon-plakat, varaqaning biror nusxasi yoki o’qisa bo’ladigan va Zafarning rasmidan tanisa bo’ladigan foto (ksero-) nusxasi (kopiyasi) yetarli. Hujjatni skanner yordamida kompyuterga kiritib, keyin e-mail bilan yuborishingizni iltimos qilaman. Kimdir orqali berib yuborish yo faks orqali jo’natish ham mumkin, lekiin yaqin orada bu hujjatni yetkazib beradigan ishonarli kishi topilishi gumon va bunday imkoniyatni kutib juda vaqtni bekor o’tkazish mumkin.. Faksda yuborilgan hujjatni esa ko’pincha o’qishda qiyinchiliklar tug’iladi, undagi rasm ham ba’zan tanish qiyin darajada bo’ladi.

Bilishimcha, Zafarning otasi va onasi, hozir og’ir ahvolda. Surishtirish, ogohlantirishlar, mana endi qidiruv. Natijada, uning ota-onasida qon bosimi oshishi, yurak huruji kabi hastaliklar kuchaygan. Qizqasi, hozirgi O’zbekistondagi gunohi bordan boshlab hech aybsiz minglab olilalardagi og’ir vaziyat. Shuning uchun, uning olilasini yanada ko’proq siquv ostiga qo’ymaslik maqsadida, Zafar va men bu iltimos Sizga murojaat etayapmiz.

Zafar Mavlonovning ishi to’g’risida menda bo’lgan qisqa ma’lumot.

Yosh bolaligidan Islom dini asoslarini o’rgangan, Obidhon qori va uning shogirdlarining ta’limini olgan. Obidhon qorining 1994-yil nashr etilgan «Biz Namozni O’qiymiz» degan kitobida diniy maktab sinfida Qur’oni Karimdan saboq olayotgan bolalarning surati keltirilgan. Mana shu bolalar orasida Zafar ham bor.

Hali bo’ydoq. Toshkentda ekanligida ota-onasi, aka-uka, opa-singillari bilan birga, bir honadonda yashagan.

2001-yilning 2-martida, Zafar uyda yo’q paytida, ularning uyida tintuv o’tkazilgan. Undan oldin va keyin, ichki ishlar yo milliy havfsizlik hizmati hodimlari bir necha marta Zafarni surishritib kelishgan, ogohlamtirishgan.

Zafar bilan birga diniy ta’lim olgan birodarlari va hamda uning Islomdan saboq bergan o’qituvchilaridan bir necha kishi qamalgan. Ularning ba’zilari o’tgan yili dekabrida e’lon qilingan amnistiya bilan (rost yo yolg’on «ayb»larini bo’yinga olib, kechirim so’raganlaridan keyin) ozod qilingan.

Zafar o’sha vaqtda Human Rights Watch tashkilotining Toshkentdagi vakili bo’lgan Acacia Shields bilan uchrashgan. Acacia Zafar haqida ma’lumotlarni ancha qismini tasdiqladi. “Tolib aka Yoqubov ham Zafarni himoya qilib maktub yozganlar” – degan.

Hozir Zafar G’arbda. Uning qidiruvga e’lon qilingani to’g’risidagi ma’lumot Zafarning havfsizligi uchun juda muhim bo’lishi mumkin.

Mening e-mail adreslarim:

AbduMannob@yahoo.com, AbduMannob@hotmail.com, Polat@ucsj.com. faks nomerim (1+202) 775-9776. Faksning boshiga «For AbduMannob Polat (uchun)» deb yozish kerak. Mening telefonlarim: (1+703) 426-9637 (uy), (1+703) 864-7271 (mobile). Bu ma’lumotlar quyidagi «elektronik imzom»da ham bor.

Zafarning e-mail adresi: Zafar_341@hotmail.com, uning telefoni – 06-19800-774

Yana bir savob ishingiz va yordamingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildirib,

hamda barcha birodarlarga salomlar yo’llab,

AbduMannob.

 

AbduMannob Polat (Po’lat)

Director, Central Asian Human Rights Information Network, Union of Councils

Markaziy Osiyoda Inson Huquqlari Ahborot Markazi direktori

Abdumannob@yahoo.com, AbduMannob@hotmail.com

Tel: [USA] 703-426-9637 (home office); (703) 864-7271 (mobile); and (202) 775-9770×105 (Union of Councils), Fax [USA] 202-7759776 (Union of Councils).

1819 H Street, NW, Washington, DC, 20006, USA (Union of Councils)

Javob berish

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Изменить )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out /  Изменить )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Изменить )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Изменить )

Connecting to %s