HAYRINSA ASRONQULOVA MASALASIDA MUSULMON O’ZBEKISTON SITIDAN XAT

Assalomu alaykum hurmatli Tolib aka,

Sog`-salomat yuribsizmi? Ishlar bilan charchamayapsizmi?

Xayriniso opa va turmush ortoqlari haqidagi maktubingizni oldik. Biz, inshoalloh, bu masalada qolimizdan kelganicha harakat qilamiz. Hozir biz bazi tanishlar orqali Xayriniso opaning Saudiyadagi turmush ortogi bilan boglanishga harakat qilyapmiz. Biz hozirgacha olgan malumotlarga qaraganda, u odam qamoqda emas, ochiqda yurgan ekan. Shuning uchun biz biron erga murojaat qilishdan avval bu ishning tafsilotlarini organaylik dedik. Inshoalloh, Xayriniso opaning erlari bilan aloqa ornatib, u kishining vaziyatlari haqida malumot topishimiz bilan sizga xabar beramiz.

Saudiya va Misr hukumatlariga murojaat qilish masalasi inshoalloh qiyin emas. Agar bu ishning tafsilotlari yaxshilab organib chiqilib, keyin murojaatning ozbek tilidagi matni yozib chiqilsa, uni biz Alloh nasib qilsa, baholi qudrat arab tiliga o`girib berishga harakat qilamiz.

Bizda yangilik bo`lishi bilan Xudo xohlasa sizga xabar beramiz.

Hurmat bilan,

“Musulmon O`zbekiston” tahririyati