05.07.22-Jahongir MUHAMMADning xati

jahongir mamatov <jahongirm2@yahoo.com>

 Тема:

 

Salomlarim

 Дата:

 

Fri, 22 Jul 2005 14:58:44 -0700 (PDT)

 Кому:

 

tolib yoqubov <hrsu_tolib@yahoo.com>, tolib yoqubov <hrsu_tolib@rambler.ru>, tolib yoqubov <info@hrsu.org>

        

Assalomu alaykum Tolib aka. Uzr maktubingizga kechikib javob qilayapman. Qalay yaxshi yuribsizmi? Venada ekanligingizda gaplashish umidim bor edi. Ammo telefoningizni topolmadim. Maktubingizda qo’yilgan masalalarga muxtasar javob qilmoqchiman.

1. Ha, men sizni ham safimizda ko’rishni istagandim va hali ham shu fikrdaman.

2. Maqsadimiz O’zbekistonda alternativ siyosiy kuch yo’q deya bahona qilayotganlarga bor deya ko’rsatish edi va buni  menimcha uddasidan chiqdik va kongressning bu vazifasi tugadi.

3.Umummuxolifat qurultoyini o’tkazish esa hammaga oid va Kongress ham shu qatorda faoliyat ko’rsatmoqchi.

4. Men qachondir Karimovni, Solihni va Abdurahim akani kechirmayman deb sizga aytgan bo’lsam bugun ularni kechirdim deb aytganim ham yo’q. Men bir muddatga maratoriy e’lon qildim. Lekin ularning kamchiliklaridan ko’z yumganim yo’q va bu haqda hozir ham gapirmoqdamiz, keyin ham gapiramiz. Hozir ularga yana bir shans berildi. Ko’ramiz qani nima qila oladilar? Solih allaqachondan xato qilib, bu safar Maqsudiylarning qo’g’irchog’i rolini o’ynab berdi. Balki, u shu yo’l bilan o’z nomini oqlashni o’ylagan bo’lsa, yoki boshqa niyati bo’lsa ehtimol haq bo’lib chiqar. Ammo men bu yo’lni tanlamagan bo’lardim.

5. Kongress esa ikkinchi missiya ustida ishlamoqda va turli siyosiy partiyalarga kirmaganlarni birlshatirmoqchimiz. Bu kelajakda balki yangi bir partiya bo’lar. Bu tashabbus ham oldingisi kabi mening o’zimdan chiqqan emas. Yuzlab xatlarni rad etolmaganim uchun bu tashvishga ham kirishdim.

4. Hatto ablah Karimov ham o’zidan keyin diktatorlar qoldirmoqda. Ammo muxolifat Karimovdan ham xarob. Yangi liderlar yo’q. Biz shunga yo’l ochmoqchimiz. Demokratiya nimaligini Kongressning, balki kelajakda tuziladigan yangi partiyaning  ishi faoliyati bilan ko’rsatmoqchimiz.

5. Ha, O’zbekistonda ahvol og’ir va bu biz chetdagilarga qo’l qovushtirib o’tirishga izn bermaydi. Bugun qayta olmasak, ertaga qaytarmiz, ammo bir kun qaytamiz.

6.Bugun siz kabi qahramonlarimiz jang ichida ekanligidan  ruhimizda umid o’lmay turibdi. Tolib aka, sizni qanchalik hurmat qilishimni ta’kidlashga hojat bo’lmasa kerak. Menimcha bugun bizga qo’shilmasangiz ham ertaga baribir birgalikda ishlashimga ishonaman.

Men siyosatga qaytamoqchi emas edim. Hatto buni e’lon ham qilgandim. Lekin Andijon voqelaridan keyin ruhim yondi, aka. Minglab xatlar girdobida qoldim. Kongress ishi natija bermoqda. AQSh siyosati o’zgarmoqda. Buni o’z hayotingizda ham sezib qolasiz. Bu yo’ldagi ishlar bir kitob. Kelgusida e’lon ham qilaman.

Xullas, shunaqa gaplar. Hurmat bilan ukangiz JM

 

Javob berish

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Изменить )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out /  Изменить )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Изменить )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Изменить )

Connecting to %s