02.01.20-Pirmuhammad XOLMATga JAVOB

Muhtaram Pirmuhammad Xolmat!

 

Yozgan maktubingiz uchun samimiy tashakkurimni qabul qiling.

 

Odatda, chet eldan Toshkentga delegatsiya yo bir yuqori lavozimli shaxs kelsa elchixonalar bizni taklif etishadi. Mehmonlar bilan bir stolning atrofida o’tirib so’hbat qilamiz. Ko’pincha M.Ardzinov bilan birga O.Oripov boradi. Men Otanazar akani samimiy hurmat qilaman va O’zbekistonning eng ilg’or siyosatchilaridan biri deb hisoblayman.

 

Biroq, bizning ko’zimiz oldida Ardzinov men haqimda yozgan maqola va broshyuralarini mehmonlarga uzata boshlaydi. HAR SAFAR! Otanazar aka esa ularni uzatib yordamlashadi. Har safar mehmonlar “hurmat” yuzasidan qo’lini qaytarmay “to’hfani” qabul qilishadi.

 

Ardzinov maxsus kuchlar topshirig’ini bajarayotganini sezish qiyin emas. Biroq Otanazar aka nega Ardzinovga “bu ishni qilmagin” deb tanbeh berish o’rniga, yana takrorlayman, mening ko’zim oldida unga yordamlasha boshlaydi? Biror xusumati bo’lmagan odam bu ishni qiladimi? Yoki, balki, Ardzinov oldida Otanazar akada biror qo’rquv bormikin? Otanazar aka Ardzinovning menga qarshi yozilgan ikkita hujjatga (biri maqola, biri – broshyura) “haqiqatga to’g’ri” deb imzo chekkan (unda Rauf Parfi, Mahbuba Qosimova, Dilorom Isoqova, Jamol Mirsaidov va boshqa, ja’mi 10 odamning imzosi bor).

 

Mening ishtirokimsiz o’tgan uchrashuvda bu ishni qilsa – tushunish mumkin. Mening oldimda bu ishni qilishini qanday tushuntirish mumkin? Otanazar aka Ardzinov men haqimda o’zining ko’p sonli maqola va broshyuralari orqali tarqatayotgan gaplari g’irt bo’hton ekanini juda yaxshi tushunadi. Shunday ekan, nima maqsadda yuqorida aytilgan hatti-harakatni qiladi?

 

Men ikki marotaba Otanazar akaning uyida shu masalani qo’yganman. “Nimaga asoslanib imzo chekkansiz?”-degan savolimga Otanazar aka: “Men o’qimay imzo qo’yvorganman”-deb javob berdi. Mening: “Siz jiddiy siyosatchi odamsiz, imzo chekilgach, bu qog’oz hujjatga aylanadi-ku, shuni tushunmaysizmi?”- degan savolimga u kishi faqat qizardilar.

 

Men Otanazar akani yomonlamoqchi emasman. Men faktlarni aytayapman, xolos. Buni ham aytmaslik mumkin edi, biroq ko’ngilda juda ko’p tushunib bo’lmaydigan narsa to’planib qoldi. Ardzinov – tushunarli, u hech qachon o’zbekka el bo’lmaydi. Otanazar aka nega Ardzinovning yo’lidan ketayapti? Bundan Muhammad Solihday inson bexabar ekanligiga ishonish mumkinmi?

 

Mening na “Erk”ka, na Solihga va na uning haqiqiy, takrorlayman, haqiqiy do’stlariga hech qanday xusumatim yo’q. Biroq, menga hujum qilayotganlarning asosiy qismi –“erk”chilardir. Men kimni tanqid qilsam, faqat siyosat nuqtai-nazaridan, uning siyosiy pozitsiyasini tanqid qilganman. Meni hech qachon insonning shaklu-shamoili (jismoniy kamchiligi, masalan), “eb ketdi-ichib ketdisi” va boshqa jihatlari qiziqtirgan emas. Ardzinov mening jismoniy kamchiligimga urg’u berish uchun meni o’zining broshyuralarida “Kvazimodo” deb ataydi (Viktor Gyugo’ning “Parij Momohavo ibodatxonasi” romanidagi o’ta jismoniy majruh qahramon). Biroq Otanazar aka bunga hech narsani ko’rmaganday nazar tashlaydi.

 

Xatim cho’zilib ketdi, uzr. Men muhtaram Solihga o’zim tayyorlagan va tarqatgan hujjatlarimdan faqat uchtasini yubordim, xolos. Mening O’zbekiston uchun o’ta zarur bo’lgan demokratiya, erkinlik, inson huquqlarining ta’minlanishi borasida baholi-qudrat olib borayotgan kurashimga Olloh guvoh. Men bandaman, va demak, xato va kamchiliklarim, gunohlarim bor. Lekin men sotqinlik qilgan emasman.

 

Biz Muhammad Solih bilan 1993 yildan beri ko’rishgan va gaplashganimiz yo’q. Ilgari ham ko’p gaplashmaganmiz. Biroq uning menga bitgan birinchi maktubi meni shoshirib qo’ydi. Bu maktubdan nafaqat Ardzinovning qo’lansa hidi, uning imzosi ham ko’rinib turibdi, chunki u yaqinginada xuddi shunday xat (mening Olma-Otada qilgan dokladimga 3-4 sahifalik sharh) tarqatgan edi. Solih: “Arzinov degan odamni men hech qachon tanimaganman, bundanm keyin ham tanimoqchi emasman” deb yozadi, menga yo’llagan o’z ining ikkinchi xatida. Buni o’rislar “lukavstvo” (quvlik) deyishadi. Solihning bu gapini Ardzinov bilib qolmasin, aks holda u butun g’azabini unga qaratadi. Otanazar aka ham Ardzinovning shu xususiyatini yaxshi bilsa kerak, va shundan qo’rqib uning mushugini “pisht” deya olmasa kerak.

 

Salomat bo’ling. Xudo yor bo’lsin.

 

Tolib Yoqubov

 

20 yanvar’ 2002 yil

 

 

 

Javob berish

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Изменить )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out /  Изменить )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Изменить )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Изменить )

Connecting to %s