02.01.19-Muhammad SOLIHga JAVOB

 

        Assalomualaykum muhtaram Muhammad Solih!

 

        Avvalo, maktubingiz boshida bildirgan tashakkurlar uchun ulkan minnatdorchiligimni qabul qiling.

 

Biroq maktubingizning qolgan qismi ehtiros va gazab bilan yozilibdi. Bilmadim, bu siyosiy liderlarning xususiyatimi, yoki ularning biz oddiy odamlar tushunmaydigan boshqa jihatlarimi

 

Ozbek muxolifatining chet eldagi bir vakili (ismi ahamiyatsiz) men bilan oxirgi marta 1992 yilda korishgan bolib, undan song na xat orqali, na telefon orqali va na biror boshqa vosita yordamida biror marta aloqa qilmagan holda 1999 yili avgust oyida Email orqali menga haqorat tola bir xat yozgan edi. Garchi Sizning xatingizda haqorat bolmasada, bu ikkita xatning ruhi birbiridan qolishmaydi.

 

Men Siz, Sizning ukalaringiz vaErkpartiyasi uchun juda ozgina bolsada bir ishlar qilganman, biroq Siz va Sizning safdoshlaringiz men uchun nima qilgansizlar? Mening qilgan ishimni ushbu maktubga qilinayotgan ilovadan korib olishingiz mumkin. Bulardan tashqari, ozimning chet ellarda qilgan onlab chiqishlarimda Siz, Sizning ukalaringiz vaErkpartiyasi haqida gapirganman. Agar Siz ularni oqimagan bolsangiz yoki ular bilan tanish bolmasangiz menda qanday ayb bor? Siz Pragada ushlanganingizda men birinchilar qatorida Chexiya elchisi nomiga xat yozganman. UniErkWebsitesiga yuborganman, biroq Sizning safdoshlaringiz uniErkWebsitesiga qoyishni lozim topmadilar.

 

Men haqimda Sizning gazetangiz bohton va iflos gaplarni yozganda Siz qaerda edingiz, muhtaram Solih? Sizning eng yaqin odamingiz M.Ardzinov men haqimda igvo tola butunbutun broshyuralar yozib dunyoga tarqatayotganidan bexabarmisiz? Bexabar bolsangiz Bosh kotibingiz Otanazar Oripovdan sorab korishni maslahat beraman.

 

Siz maktubingizda “…mening sizning raportlaringizga muhtoj ekanligimizni bildirmaydi…” deb yozibsiz. Ushbu xatga qilingan ilovalarni oqigach, balkiTolib bu narsalarni menga muhtojlikdan yozgandeb oylarsiz? Shunday oylasangiz xato qilasiz. Men va menga oxshaganlar Siz va Sizga oxshaganlarga muhtojligimizdan Ozbekistonda qolib kurash olib borayotganimiz yoq.

 

Ozbekiston va ozbek xalqiga foydasi tegadi deb oylasalaringiz Siz Abdurahim Polatovga qarshi, u esa Sizga qarshi kurashni davom ettiraveringiz. Har ikkalangizga ham kelajak avlodlar haykal qoyadi. “Tohir bilan Zuhra shoh bogida maishat qilib yurganda, Qorabotir esa sandiqchilar mahallasiga ot qoyib yuribdideganlaridek Siz ikkalangiz Ozbekiston va ozbek xalqi uchunota zarurbolgan masalalarni tortishib yurganlaringizda, bu erda esa Karimov konkret ish, yani referendum uyushtirib ozining vakolatini chozdirish bilan shugullanayapti.

 

Kattaroq galabalarga erishish uchun Abdurahim Polatov Vasila Inoyatovaga, Siz esa Mixail Ardzinovga koproq va qattiqroq suyanishlaringizni maslahat beraman. Bizlar sizlar uchun hech qanday qiymatga ega emasmiz. Mening musulmon ekanligimni Siz tasodifan kimdandir eshitibsiz. Aslida, Ardzinov: “Tolibkofirdesa Siz ishonib yuraveradigan odam korinasiz. Mening kozimga ham Abdurahim ikkalangizning tuprogingizni bitta joydan olinganga oxshab korinadi. Menga kimlar tosh otmadi Ozbekistonda? Endi bu ishga ikkalangiz ham bel bogladinglar, shekilli.

 

Muhtaram Solih, bu mening Sizga bitgan birinchi va oxirgi xatim. Men jiddiy, mulohazali va bag’ri keng insonlarni hurmat qilaman. Ardzinovga ham men faqat bitta bir betlik xat yozganman. Uni ham Sizga ilova qilayapman. Mening pozitsiyamni yaxshi bilib olishingiz uchun.

 

Sizni ham Olloh yorlaqasin.

 

Tolib Yoqubov

 

19 январь 2002 й.