02.01.19-Muhammad SOLIHning JAVOBI-1

Тема: Re: Soobshenie OPChU

Дата: Sat, 19 Jan 2002 08:34:12 +0100

Автор: «Halidjan» <halidjan@online.no>   </halidjan@online.no>

Кому: «Tolib Yakubov» <hrsu_tolib@rambler.ru> </hrsu_tolib@rambler.ru>

Копия:

 

Assalomu alaykum,

 

yaxshimisiz, oila, bola chaqa sog salomatmi?

Avvalo, mazlumlarning ahvolini dunyaga anglatishda qilayotgan ishlaringiz

uchun tashakkur aytmoqchiman.

 

Meli Kabulov haqida chaqirigingiz yaxshi, ammo nega faqat Kabulov haqqida?

Nega Murod Jotraaev, va uning grupppasi yoki Samandar Qoqonov, yoki mening ukalrim haqqida «chaqiriq» qilmaysiz?

 

Bular ERKka yaqin bolgani uchunmi? Yoki menga yaqin bolgani uchunmi? Sizning bu xususiyatingizni avval ham aytishgandi, men ishonmagandim, Tolib aka bilan bizning olib-bermagan joyimiz yoq, nega menga tish qayrasin, deb etibor bermadim, endi internet paydo bolib, raportlaringizdan koryapmanki,juda tendehtsioz va biryoqlama yozayapsiz ularni, «pravozashitnik«ka yarashmaydigan darajada. Buni ozingizga yozayapman, ki szini musulmon odam deb eshitaman, balki   insof chegaerasidan chiqqaningizni sezarsiz degan umidda.

 

Ammo bu osha mazlumlarning yoki mening sizning raportlaringizga muhtoj

ekanligimizni bildirmaydi, biz hammamiz Ollohning yardamidan boshqa kimsaga muhtoj emasmiz, faqat sizning xolislikka iddao qilgan, ammo aslida   unday bolmagan faoliyatingiz haqida odamlar biladi, deb qoyish maqsadida yozdim buni. Balki, hidoyat berib, insofga kelarsiz.Olloh yarlaqasin sizni.

 

Muhammad Solih