Sulaymon MURODOVGA XAT

Assalomualaykum Sulaymon aka!

 

Salomatligingiz yaxshimi? Bola-chaqalarning barchasi omon-eson yurishibdimi?

 

Men 3-4 kun Jizzaxga ketgan edim (bir apellyaciya sudida katnashish ushun), xabaringiz bor. Kelganimga ham 4 kun bulganiga qaramay, Sizga vа’da bo’yisha xat yozishga vaqt topish qiyin bo’ldi.

 

Oxirgi so’zlashuvimizda Siz «O’zbekistondagi muxolifatni o’zingiz uyushtiring va boshqaring» degan fikrni aytdingiz, noto’g’ri tushungan bo’lmasam. Agar shunday bo’lsa, do’stona munosabatingiz ushun rahmat.

 

Biroq, men buning uddasidan chiqa olmayman. Asosan ikki sababga ko’ra.

O’zbek muxolifatiga qarang. O’zbekistonni qo’yavering, chet elda yashayotgan vakillarimiz bir-biri bilan bir umumiy mahrajga kela olmay yotganda nima qilish mumkin?

 

Ilgari men A.Po’latov va M.Solih orasidagi ziddiyatga nazar tashlab, o’zimsha tahlil qilib: «har ikkalasi: baribir qachonlardir hukumatga kelamiz; usha paytda raqibni hukumatga keltirmaslik ushun uni o’tmishda qancha qora qilsam, shuncha foydasi bo’ladi» – degan falsafa bilan yurishgan bo’lsa kerak, deb o’ylar edim. Xato ekan. Andijon voqealaridan keyin (va undan oldin ham) Karimov «Birlik»ka ham, «Erk»ka ham munosabati qanday ekanligini yaqqol ko’rsatdi. «Birlik» va «Erk»ning hozirgi ahvolini e’tiborga olsak, ularning hayoli puch ekanini aniq aytish mumkin.

 

Men M.Solihni yaxshi bilmayman, «omon-omon» zamonda ham u bilan bor-yo’g’i 2-3 marta juda qisqa (5-10 minut) muddatli gaplashganman. Men 8 sentyabr kuni Osloga boraman. Meni 12 sentyabrda o’tadigan Norvegiya parlamenti saylovlarini kuzatuvshi xalqaro guruxga qo’shishgan. Bilmadim, M.Solih men bilan uchrashishni istaydimi, yo’qmi? Istamasligi ham mumkin. Men bilan uchrash, deb men ayta olmayman. Men, tabiiy, Zafarmirzo, Aliboy aka, Abdulla Abdurazzoqov va boshqalar bilan uchrashishga harakat qilaman. Balki Shveciyadan bа’zi do’stlar kelib qolishar, bilmadim.

 

O’zbekiston Demokratik Kongressi (UDK) tuzilgash, A.Po’latov, M.Solix va boshqalar AQSHda va keyin Berlinda uchrashishganidan xabarim bor. Biroq ular orasidagi munosabat qay darajada ekanligini bilmayman. A.Po’latovni yaxshi bilganligim ushun shuni aytishim mumkinki, u   ko’nglidagi dushmanlikni hesh qashon chiqarib tashlay olmaydi. Uning tabiati shunday. U M.Solih, M.Malikov, J.Mamatov, A.Muxtorov va hatto o’z ukasi Abdumannob bilan chin sidqi-dildan, vatanimiz va xalqimiz manfaati yo’lida, yaqinlashishiga ishonmayman. Men M.Solih, M.Malikov, J.Mamatov, A.Muxtorov, Abdumannob va boshqalar beayb deya olmayman. Ular ham o’zbek muxolifati uchun eng qiyin hozirgi paytda o’z   ishki qarshiligini to’liq   yenga olmayotganday tuyuladi.

 

Mana bir misol. Uchta muxolifat partiya bo’lgan holda 4 ta ularni birlashtiruvshi tashkilotlar tuzildi: UDK, «Davra kengashi», «Serquyosh O’zbekistonim» Koaliciyasi, M.Solih tuzgan yana qandaydir bir tashkilot. Bu uyushmalarning keyingi ikkitasida faqat bittadan siyosiy partiya mavjud, xolos. UDKning keyingi paytda Internetda Matbuot markazining axborotlari shiqa boshlagash, darhol «Davra kengashi»ning Matbuot markazi nomidan habarlar tarqatila boshlandi.

 

«Davra kengashi»da faqat bitta «Birlik» bor, xolos. Agar A.Po’latov chin dil bilan UDKga qo’shilganda edi, u «Davra kengashi»ga darhol bu kabi urg’u bermas edi. Hozir bitta masala: barsha muxolif siyosiy partiyalar va inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarning boshini qovushtirish masalasi hal etilishi kerak. Siyosiy partiyalarni birlashtirish emas (qaniydi birlashsa!), boshini qovushtirish haqida men gapirayapman.

 

Hozir O’zbekistonda vaziyat butunlay boshqa – yani juda og’ir. Men bitta masalani aniq tushunmoqshiman. UDKning tuzilishi – yaxshi. Shet ellarda nimalarnidir qilish mumkindir. Biroq, ish asosan O’zbekistonda olib borilishi kerak, deb hisoblasak, u bu yerda qanday tashkil qilinadi? Men Jahongirga shu savol bilan murojaat qildim, afsus hozirga qadar biror jo’yali javob ola olganim yo’q.

 

Ko’zingizning oldiga keltiring, biror tashkilot biror masala bo’yisha norozilik piketi o’tkazishni mo’ljallasa, deyarli hammaning uyi to’siladi, hesh kim uyidan ko’chaga chiqartirilmaydi, sal qarshilik ko’rsatganni darhol mashinaga bosib ROVDga olib ketiladi, fohisha ayollar to’dasi tayyor qilib qo’yiladi va hokazo. Shunday sharoitda UDK o’z faoliyatini O’zbekistonda qanday olib boradi?

 

Men qo’rqqanimdan yoki ishonshsizlik va ilojsizlik og’ushida ekanimdan bu gaplarni gapirayotganim yo’q. Siyosiy kurash g’oyat murakkab jarayon bo’lgani ushun odamlar jufurug’ bo’lmasligi kerak. Muxolifat vakillarining boshi nisbatan tinch bo’lgan shet ellarda qovushmayotgan bir paytda O’zbekistonda nima qila olish mumkin?

 

Bu erda «Birlik» deganda yaqingasha V.Inoyatova tushunilar edi. O’zbekistonda A.Po’latovning eng ishongan odami ham shu ayol edi. Balki hozir ham shudir. Andijon voqealaridan keyin u partiyaning Bosh kotibligidan istefoga shiqdi. Yilning boshida rais o’rinbosari I.Dadajonov negadir oilasi bilan Kievga ko’chib ketdi. Ikkinshi urinbosar H.Sulaymonov Andijon voqealari munosabati bilan qamoqqa olindi. O’zbekistonda «Birlik»dan nima qoldi?

 

Yaqin-yaqinlargasha A.Po’latov V.Inoyatovaning bergan mа’lumotiga tayanib: «O’zbekistonda faqat bitta siyosiy kush bor, u ham bo’lsa – «Birlik», barcha siyosiy kushlar «Birlik» atrofida birlashishi kerak» deb kelayotgan edi. Hozir u adashayotganini, «Birlik», afsus, hesh bir asosiy siyosiy kush emasligini tushunayotganmikin? Va nihoyat, u «Birlik»ning borini ham yo’qqa chiqarayotgan odam V.Inoyatova ekanligini bilarmikin?

 

«Erk» bundan yaxshi emas. M.Solihning bu yerdagi vakili Otanazar aka ekanini hamma biladi. Men hurmat qiladigan bu odam rasmiy matbuot konferentsiyasida: «Erk»ning 60 ming а’zosi bor» – deb e’lon qildi (2004 yilning oktyabr’ oyi). Bu – yolg’on. O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyatida nari borsa 500 а’zo bor.

 

Shunday bo’lsada, u ko’p joylarda odamlarning norozilik piketlari va chiqishlarini tashkil qilmokda. 60 ming а’zoga ega bo’lgan tashkilot biror marta ham bizni piketlarda qo’llab-quvvatlagan emas. «Piketlar o’tkazish hesh qanday natija bermaydi, «Birlik» va «Ezgulik» piketlarda qatnashmaydi» – deb V.Inoyatova konferenciyada gapirganini mening o’zim eshitganman.

 

O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati o’zining qamoqda yotgan to’rt а’zosini shiqarib olish ushun ko’plab piketlar uyushtirganda, qamoqda yotgan o’z vakillarini himoyasi ushun na «Erk» va na «Birlik» bizga qo’shilgan emas. Biz natijaga erishdik. Nasib etsa, biz ana shu faoliyatimizni davom ettiramiz.

 

O’zbekistonda muxolifatning boshini qovushtirish ushun juda katta, deyarli bajarib bo’lmaydigan ishni qilish kerak. Bunga nafaqat mа’lum obro’ga ega bo’lgan, balki nisbatan yosh bo’lgan odamni qo’yish kerak.

 

Bunday masuliyatli ishni bajarish ushun yetarli mablag’ kerakligi а’yon. Siyosiy partiyalarning bu boradagi holatini men bilmayman. Inson huquqlarini himoya qiluvshi tashkilotlarining moliyaviy ahvoli juda og’ir ekanligini men yaxshi bilaman. Shunday sharoitda ular kurash olib borayotganligiga bа’zan hayron qolaman.

 

Mablag’ bilan ishlash qanshalik qaltis va og’ir ekanini tushunsangiz kerak. 1999 yili A.Po’latov menga «Birlik»ning 3000$ mablag’ini mа’lum maqsadlarda ishlatish ushun bergan edi. Men uni o’zi aytganday qilib sarfladim, guvohlar bor. Biroq, keyinshalik u meni ug’irlikda aybladi. Buning ustiga O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati ushun AQSHning NED tashkiloti berayotgan (tasdiqdan o’tgan) 19000$ lik grantni bermasligida A.Po’latov asosiy rolni o’ynadi. Shundan keyin men bu masalada hesh qanday hatti-harakat qilmaslikka ont ishganman.

 

Sulaymon aka, men ko’p gapirib yubordim, uzr. Ko’rib turibsiz, mening ishimda ham ko’p g’alizliklar to’planib qolgan. Men ham bag’ri keng odam emasman. Siz aytgan ishga aynan bag’ri keng odam jalb qilinishi kerak. Bu odam o’zida muhim bir hislat, yani bir narsani ko’rsa, o’zini ikkinchi bir narsani ko’rmaslikka majbur eta oladigan hislatni shakllantirgan odam bo’lishi kerak.

 

Men hozir Jizzaxga ketayapman. Ertaga bir yaxshi yigit (Hamid Sultonov) ning sudi bo’lishi, men unda himoyashi sifatida qatnashishim kerak. 2-3 kun ishida ortga qaytaman. Ungacha balki Siz ham menga bir xat yozarsiz.

 

Hozirsha xayr. Salomat bo’ling.

 

Hurmat ila

 

Tolib

 

 

Javob berish

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Изменить )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out /  Изменить )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Изменить )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Изменить )

Connecting to %s