МИСРдан АСРОНҚУЛОВА ХАЙРИНИСО ХАТИ

Assalomu-alaykum hurmatli T.Yoqubov.

Men sizni asli nomingizni Toshkentda ekanligimdan eshitgan edim.Siz dugonam Malohatga turmush o’rtogi Ernazarov Hayrullani ishlarida va Toshkentdagi ustozim balki kopchilik musulmonlar o’zlariga ustoz sanaydigan Obidhon akani ayollari Munira oapmni va nihoyat mushtipar onahon Darmon opalarni guvohliklari orqali bilardim sizni.Lekin sizga o’sha vaqtlarda Allohni mehribonligi sabab uchrashmagan edim.CHunki u vaqtlar biz ichki ishlar idoralariga tez-tez chaqirilib tursak ham nisbatan tinch edik.Hozirda musofir yurtda sargordon kunlarda nima va qanday yo’l tutishni bilmay sizdan maslahat so’rayapman.Avvalo o’zim haqimda men Hayrinso Asronqulova 1974 yil 18 iyunda Fargona viloyati Bagdod nohiyasida tugilganman.Turmush o’rtog’im Asronqulov Mahmud 1972 yil Farg’ona viloyati Oltiariq nohiyasida tugilgan.Bizlar 1992 yilda turmush qurganmiz .2005 yilgacha Toshkentda O’zbek ichki ishlar hodimlari tomonidan diniy e’tiqodimiz sabab turli bahonalar bilan
tazyiqlar ostida yashadik. Nihoyat 2004 yil turmush o’rtogim dekabr oyida Misr arab respublikasiga chiqib ketdilar.Ular Misrga kelib al-Azharga o’qishga kirib bu yerdan bemalol yashash uchun sharoit qilganlaridan keyin biz bolalar bilan 2005 yil iyul oyida Misrga keldik.Albatta chetga chiqish vizasi olish va Misrga uchish oldidan Toshkentda SHayhontohur ichki ishlar hodimlari bilan bir necha soat ushlab turganlari natijasida suhbatlar bo’lib o’tgan.Allohni marhamati bilan omon-eson Misrga kelib yashay boshladik.Farzandlarimni ikkita kattasi hozirda al-Azharda o’qishadi.Ozbekistondagi sharoitni o’zingiz bilasiz bizni u yerdan chiqib ketishimiz uchun katta pul kerak boldi.Albatta ba’zilar uchun arzimas bo’lishi mumkin bo’lgan 2600$ biz uchun ancha katta miqdor.Nihoyat bizni hotirjam ochiqda yashashimizni o’zini ne’mat deb bilgan turmush o’rtogimni oilasi va do’stlari va o’zimni oilamdagilar bizga yol haqi uchun zarur bo’lgan pulni qarzga topib berdilar.Biz bu yerda yashab turgan vaqtimizda alhamdulillah och qolmadik lekin qarzlarimiz sabab turmush o’rtogim ishlab koproq pul topish yo’llarini qidirdilar.Ular rus tilini bilmaydilar ingliz tilini ham bilmaydilar.SHuning uchun ishlashga arab davlatlaridan birini tanladilar.2006 yil iyul oyida Saudiya arabistoniga umra uchun borib o’sha yerda qiyinchilik bilan noqonuniy ish topib qoldilar.Bu orada sentyabr oyida oltinchi farzandim Muhammad tugildi.Va men Uzbekistonning Misrdagi elchihonasidan bolam uchun tugulganlik guvohnomasi va uni rasmini pasportimga urib berishlarini so’rab murojaat qildim.Lekin konsul Gulom aka degan kishi agar o’zbekistonga ketsam urib berishini bo’lmasa turmush o’rtogim kelishi kerakligini ta’kidlab urib bermayapti.Hozirda turmush o’rtogim Misrga ham kela olmaydilar chunki Saudiyada noqonuniy qolganlari bois Misr ham u kishiga bu yerda qonuniy yashashga ruhsatnoma bermas ekan.Kichkina farzandim 8 oylik bo’ldi lekin hali adasi ko’rmadilar o’zim uzbekistondagi notinchliklar ortidan sogligimni yuqotganman hozirda 6 ta bola bilan musofir yurtda har turli fitnalarga bardosh berib yashashga kuchim qolmayapti.Agar toshkentga qaytsam u yerdagilarga erim uchun tuzoq bo’lamiz.Sizdan iltimosim menga bir birodar singiliz sifatida maslahat bersangiz.Adresingizni Isyonkor saytiga berilgan maqolangizdan oldim.hurmat bilan

 

Hayrinso.

Javob berish

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Изменить )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out /  Изменить )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Изменить )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Изменить )

Connecting to %s