Bugun Qarshida yana qo’lga olishlar bo’lib o’tdi

Assalomu aleykum Tolibjon aka!

Bugun Qarshida yana bir qo’lga olishlar bo’lib o’tdi. Nash’afurushlarni. O’tgan haftada allaqanday ikki shaxs o’ldirilgan ekan. Miliciya jinoyatchilarni qidirish bahonasida tadbir o’tkazib, o’z odamlarini ‘xaridor’ roli bilan nash’a furushlarga yuborgan. Mening bir qo’shnim va ukam ham tushib qoldi. Ularni miliciyaning odamiga nash’a olib berayotgan vaqtida ushlashgan. Shunday qilib ukam yana bir bor jinoyatchi bo’ldi. Ilgari ham shu singari jinoyat bilan qamalib chiqgandi.      

Buni Sizga shunchaki yozayapman. Atrofimda tag’in turli gap-so’zlar boshlanishi mumkin. To’lqinning ukasi nash’afurush. Bilmadim, bu isnodni qaergacha ko’tarib boraman. Surishtirib ham ko’rdim. Haqiqatdan shu savdoni qilayotganida ushlanibdi. Anchadan beri odamlarday bo’lib yurgandi. Tag’in nima jin urgan bilmadim. Qiziqarlik tomoni, Jamshid ismlik bir narkoman qamoqdan xat yuboribdi. Bohodir ismlik bir yigitga yordan bergin degan iltimos bilan. Bohodirga esa nash’a kerak ekan. Jamshid mutloq savodsiz va o’z ismini ham yoza olmaydi. Bu miliciyaning ishi, ammo nima deyishim ham mumkin’ Naqd qo’lga tushgan. Jinoyat qilgan. Haligi xat sabab bo’lsa ham. Shunday qilib qarshida bir qancha odamlarni ushlashgan.          

 Salom bilan To’lqin.

 

Javob berish

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Изменить )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out /  Изменить )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Изменить )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Изменить )

Connecting to %s